Yangi yilning III choragidan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o‘qitiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishObuchenie migrantov russkomu yaziku
Obuchenie migrantov russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan 2020-yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi.

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. 2020-yilning yanvaridan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan 2020-yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi.

Krolik - Sputnik O‘zbekiston
Maktab, bog‘cha va harbiy qismlarda ovqatlanish ratsioniga quyon go‘shti qo‘shiladi

Shuningdek, o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalar ham tajriba-sinovdan o‘tkaziladi. Tanlov sinfida o‘qish uchun xorijiy til va filologiya yo‘nalishi, moliya – iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar hamda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari tavsiya etiladi. Variativ o‘quv rejalarining joriy etilishi natijasida 10- va 11-sinflarda o‘qiladigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi.

O‘quv rejasini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonida ona tili va adabiyot, o‘zbek va rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma’naviyat asoslari (tarbiya) hamda jismoniy tarbiya fanlari majburiy o‘qitiladi.

Yangi tizim orqali o‘quvchilar maktabning o‘zida oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishadi.

Qolaversa, tizim ularning repetitorga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirib,  vaqti hamda ota-onalarning repetitorga sarflayotgan mablag‘i tejaladi. Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik ko‘rish imkoni yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0