11:39 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
83 0 0

Tashkilot bayonotida aytilishicha, voqea 12 yanvar, yakshanba kuni, Rot Gongkongga uchib kelganidan soʻng roʻy bergan.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Gongkong hukumati Human Rights Watch (HRW)  xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot ijrochi direktori Kennet Rotga maʼmuriy tuman hududiga kirishiga rad javobini berdi.

"Men HRWning yangi butun jahon dokladini taqdim etish uchun Gonkongga uchib keldim. Bu yil unda Xitoy hukumati inson huquqlari himoyasi tizimiga qay tarzda putur yetkazayotgani haqida aytilgan. Lekin hukumat menga hozir Gonkongga kirishni taʼqiqladi, bu muammo ziddiy tus olayotganini koʻrsatadi", - deb yozgan Rot oʻzining Twitter-akkauntida.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, voqea 12 yanvar, yakshanba kuni, Rot Gongkongga uchib kelganidan soʻng roʻy bergan. "Immigratsiya bilan shugʻullanuvchi hukumat aʼzolari AQSH fuqarosi, Rotga u Gongkong xalqaro aeroportiga kelib qoʻnganida (Gongkongga) kira olmasligini aytishdi", - deyiladi tashkilot xabarida.

Gongkong hukumati rad etish sababini taqdim etmagan.

Oʻtmishda Human Rights Watch rahbari Gongkongda koʻplab marotaba boʻlgan. Xususan, 2018 yilning aprelida, u XXR mehnat bozorida gender diskriminatsiya boʻyicha dokladini taqdim etgan.

Asosiy mavzular