15:27 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)
418510

Xitoyning Uxan shahrida bir kishi koronavirusning yangi tipidan vafot etdi. Bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda boʻlib turgan yoki u yerga bormoqchi fuqarolarni zaruriy ehtiyot choralarni koʻrishga chaqiradi.

Oʻzbekistonning Xitoydagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, Xitoy rasmiylari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro vafot etgani haqida xabar qilishgan. Uxan shahri sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha qoʻmitasi tarqatgan maʼlumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval maʼlum boʻlmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi oʻrganib chiqildi.

Taʼkidlanishicha, elchixona konsullik boʻlimi Uxan shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari oʻtkazdi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida boʻlib turgan yoki bormoqchi boʻlgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrishga chaqiradi”, - deyilgan xabarda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)

Asosiy mavzular