O‘zgidromet qor qachongacha yog‘ishini aytdi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning to‘xtashi kutilmoqda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda qor kun davomida yog‘adi.

TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Bugun kunning birinchi yarmida respublikaning katta qismida kuchsiz qor yog‘ishi davom etdi. Kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning to‘xtashi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Eslatib o‘tamiz, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonga haqiqiy qish kirdi. Mamlakat hududiga Kavkaz rayonlaridan kirgan sovuq antisiklon butun respublikaga, shimoliy viloyatlar va cho‘l zonasidan tashqari, yog‘ingarchilik olib keldi.

Yomg‘ir ko‘rinishida boshlangan yog‘inlar qorga aylandi. Yakshanba kuni kechqurun va o‘tgan tunda ayniqsa kuchli yog‘ingarchilik bo‘ldi.
Dushanba kuni tonga kelib tekislik hududlarida mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi. Qorning balandligi ayrim joylarda 10-13 sm ni tashkil qildi.

Ta’kidlanishicha, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning to‘xtashi kutilmoqda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda qor kun davomida yog‘adi.

Yangiliklar lentasi
0