10:06 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
150 0 0

Avvalroq, Xitoy rasmiylari Xubey provintsiyasining Uxan shahrida qayd etilgan nomaʼlum kasallik koronavirusning yangi turi boʻlganligi haqida xabar berishgan.

TOSHKENT, 13 yanvar - Sputnik, Yelizaveta Isakova. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dushanba kuni tarqatgan bayonotiga koʻra, Xitoyda koronavirusning yangi turini topilishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishini oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

"Vaziyat rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, JSST Bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi aʼzolari bilan maslahatlashuvlarni olib bormoqda va qoʻmitaning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirishi mumkin", deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Xitoy rasmiylari Xubey provintsiyasining Uxan shahrida qayd etilgan nomaʼlum kasallik koronavirusning yangi turi boʻlganligi haqida xabar berishgan.

Asosiy mavzular