10:59 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
1143 0 0

Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda

TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Taniqli dizayner Nariman Grigoryan jasadi ijarada turgan uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan, deb xabar berdi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi.

Xabarda aytilishicha, 2020 yil 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tugʻilgan A.N. (Nariman Grigoryan) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

"Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda", - deyiladi xabarda.

Natijasi haqida qoʻshimcha axborot berilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular