Hashar week loyihasi bosh menejeri "Havo yo‘llari"ni ekomadaniyatsizlikda aybladi

© Mejdunarodniy Press KlubSuna Park, Mejdunarodniy politicheskiy konsultant, rukovoditel proyekta hashar week
Suna Park, Mejdunarodniy politicheskiy konsultant, rukovoditel proyekta hashar week - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha avialiniyalar o‘z imidjini saqlab qolish uchun ekologik upakovkaga o‘tayotgan bir "Havo yo‘llari"da hammasi plastikda, deya fikr bildiradi ekspert

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ekomadaniyatni jarimalar bilan emas, balki birgalikdagi sayi-harakatlar bilan shakllantirish va targ‘ib qilish lozim, deb hisoblaydi xalqaro siyosiy maslahatchi, hashar week loyihsi bosh menedjeri Suna Park. U bu haqda Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida bo‘lib o‘tgan XPK sayyor sessiyasida gapirdi.

Sherzod Qudratxo‘jayev - Sputnik O‘zbekiston
Qudratxo‘jayev instagram yulduzlarini ozoda turmush tarzini targ‘ib qilishga chaqirdi

Parkning so‘zlariga ko‘ra, bugun muhokama qilinayotgan ekologiyaga oid mavzularning yagona muammosi - hech kimda shu sohaga oid chuqur tushuncha yo‘qligida.

"Ekologiya mavzusi - bugun trend darajasiga ko‘tarildi, ko‘pchilik shu haqda gapiradi, undan siyosiy maqsadlarda foydalanishadi, ammo afsuski, odamlar o‘rtasida ekologiya haqida chuqur tushuncha yo‘q. Kechirasiz, lekin men hozir "Havo yo‘llari" (O‘zbekiston Havo yo‘larini nazarda tutmoqda, - tahr.)ni esga olishga majburman. Barcha avialiniyalar o‘z imidjini saqlab qolish uchun ekologik upakovkaga o‘tayotgan bir "Havo yo‘llari"da hammasi plastikda. Biznes klassida ham, ekonom klassida ham shu ahvol", - deydi u.

Ekspert, shuningdek, ekomadaniyat - bu davlat organlari tomonidan imzo chekiladigan hujjat emas, balki murakkab mexanizm bo‘lib, u har tomonlama taraqqiy etishi lozimligini, bunda biznes bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati, davlat organlari ishtiroki muhimligini eslatib o‘tdi.

"Ko‘chada axlat tashlanayotganini ko‘rsak, albatta, avtomatik ravishda "jarima joriy etish kerak", degan gapni aytish oson. Unda har bir qadamida jarimaga tortadigan politsiya-davlatni joriy etgan bo‘lamiz. Meni kechirasizu, lekin maoshi 600 million so‘m yoki mayli, boring 1 million bo‘lgan oddiy ishchini 200 mingga jarimaga tortsak, bu ijtimoiy isonni keltirib chiqaradi. Nega u inson axlatni ko‘chaga tashlayotgani haqida so‘rash ancha murakkab. hashar week loyihasi shu bilan shug‘ullanadiki, biz aholi bilan hamkorlik qilib, uyma-uy yurib, odamlar tashlayotgan chiqindilarni titkilaymiz. Biz odamlar axlatlarni qay tarzda tashlayotgani, nega tashlayotganini o‘rganamiz, tahlil qilamiz", - dedi Park.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Prezident ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, odamlar urnalar yo‘qligi uchun emas, balki bu axlat bilan keyin nima ro‘y berishini bilmasliklari uchun axlatni ko‘chaga tashlashadi.

"Bu ekomadaniyatsizlik bilan aloqador emas, bu bilimsizlik. Ular kafeda yoki boshqa joyda bir marta ishlatiladigan salfetka yoki trubochka yerda 100-yilda ham chirimasligini bilishmaydi", - deydi ekspert.

Shu bois, bunday holatda ma’rifat, ilm muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviy yetakchilar roli muhim bu yerda. Bunday holatlarda Jum’a namozlarida imom xatiblar albatta bu haqda gapirishlari lozim. Odamlar bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan narsalar haqida yetarlicha bilimga ega emas, zamon bilan hamnafas bo‘la olmayapti, deb yakunladi o‘z fikrini ekspert.

Yangiliklar lentasi
0