11:40 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
81720

Hokimlik faoliyatidan tashqari Mamadaminov shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligining amaldagi podpolkovnigi hisoblangan.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Boyovut tumani hokimi Oʻlmasjon Mamadaminov polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda tumani hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Axborot xizmatiga koʻra, Boyovut tumani hokimi Oʻlmasjon Mamadaminov 2018 yil 14 avgust kuni rasman tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Unga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Hokimlik faoliyatidan tashqari Mamadaminov shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligining amaldagi podpolkovnigi hisoblangan.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga koʻra tuman hokimiga polkovnik unvoni berilgan.

Asosiy mavzular