O‘zbekiston hududida yana Tojikistondagi zilzila kuchi sezildi

© MChS UzbekisanaPokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ayrim hududlari 2-3 ballik yer silkilinishi qayd etildi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududida yana Tojikistondagi zilzila sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra,  bugun, 29-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14:10 da Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida zilzila sodir bo‘lgan.

Koordinatalar 38,40 gradus shimoliy kenglik, 70,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik h=60 km. Toshkentgacha masofa 344 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 344 km;2 ball, Namangan: 299 km;2 ball, Andijon: 298 km;2 ball, Farg‘ona: 238 km;3 ball, Guliston: 287 km;2 ball, Jizzax: 315 km;2 ball, Samarqand: 356 km;2 ball, Termiz: 332 km;2 ball
Qarshi: 434 km;2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, 24-yanvar kuni Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning ko‘plab joylarida sezilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0