10:18 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Yangiliklar
Havola olish
888 0 0

Maʼlum boʻlishicha, sal oldin AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bogʻliq murojaatlarini prezident Administratsiyasiga kiritishgan

TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi Rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis boʻlib oʻtdi.

Majlisda AOKA direktori v.b. K.Allamjonov va direktor oʻrinbosari S.Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bogʻliq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritishgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari koʻrib chiqilib, qondirilgani haqida eʼlon qilindi.

Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor oʻrinbosari S.Mirziyoyeva oʻz rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yoʻnalishi bilan bogʻliq rejalari borasida fikr bildirishdi.

Majlis yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida taʼkidlab, K.Allamjonov va Saida Mirziyoyevalarning respublika OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan oʻzaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, Oʻzbekiston davlati rivojlanishi yoʻlidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.

Asosiy mavzular