Xitoydan olib kelinadigan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun karantinda bo‘ladi - SSV

© REUTERS / STRINGERSotrudnik sentra po profilaktike i borbe s koronavirusam obshayetsya cherez ratsiyu s kollegoy
Sotrudnik sentra po profilaktike i borbe s koronavirusam obshayetsya cherez ratsiyu s kollegoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydan kelgan o‘zbekistonliklar ushbu kasallikni yashirin davrida, ya’ni 14 kun davomida qat’iy karantinga olinadi. 

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan qaytarish bo‘yicha birinchi charter reys Pekin shahridan kelishi kutilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vakili.

Aleksandr Lukashenko na otkritii Slavanskogo bazara v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko koronavirusdan himoyalanish sirini aytdi

"O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilib, dastlabki charter reyslar 4-5 fevral kunlari amalga oshirilishi ta’kidlandi. Xitoydan qaytarish bo‘yicha birinchi charter reys Pekin shahridan kelishi kutilmoqda. Yo‘lovchilar maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi", - dedi u.

Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovga ko‘ra, mazkur muassasalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida to‘liq xalqaro karantin talablari asosida jihozlangan.

Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish bilan bir qatorda barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘riladi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan.

Sotrudnitsa laboratorii GU NII epidemiologii i mikrobiologii. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi Rossiya dorisi sinovdan o‘tkazilmoqda

Charter reyslarga Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis va epidemiologlari shaxsiy himoya vositalarida hamrohlik qilishadi. Ular tomonidan evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Lozim bo‘lganda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur vositalar taqdim etiladi.

"Mazkur samolyotlarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan hamurtlarimizga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi". - dedi SSV vakili.

Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu kasallikni yashirin davrida, ya’ni 14 kun davomida qat’iy karantinga olinadi. Xalqaro sanitariya — epedimiologiya mezon va talablaridan kelib chiqib, barcha xavfsizlik choralari qo‘rilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan bundan ortiqcha sarosimaga tushishning hojati yo‘qligini yana bir bor eslatib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0