10:13 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Yangiliklar
Havola olish
573 0 0

Umra safariga joriy navbatlarni tugatish maqsadida, 10 mart sanasidan Toshkent-Madina-Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha 3-reys yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda umra safariga shu kechayu-kunduzda 200 mingdan ziyod talab bor. 22 iyunga qadar yuz mingdan ortiq fuqarolar Umra ziyoratiga olib boriladi, dedi jurnalistlarga seshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov.

Palomnikam iz Uzbekistana otkazali vo vʼyezde v Saudovskuyu Araviyu
Komitet po delam religiy pri kabinete ministrov Uzbekistana

Komilov umra masalalari ilgarilari muayyan cheklovlarga ega boʻlgani, 2017 yilga qadar yiliga 6 ming atrofida fuqarolar umra ziyoratiga borganliklari, 2017 yildan ushbu koʻrsatkich 10 mingtaga chiqarilganini va soʻngra Oʻzbekiston prezidentining tashabbuslari bilan umra ziyorati boʻyicha kvotalar olib tashlanganini eslatib oʻtdi.

"2020 yilning 10 martidan boshlab fuqarolarimizning umra safariga borish istaklarini toʻlaqonli bajarish uchun qoʻshimcha 3-reys ham amalga oshiriladi. Birinchi fevraldan kunlik reyslarning bittasi Madina shahriga, yana bittasi Jidda shahriga amalga oshirilmoqda. Uchinchi reys ham xalqimiz istagi asosida Madina shahridagi xalqaro aeroportga qoʻndiriladi", - deb aniqlik kiritdi Komilov.

Taʼkidlanishicha, din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika hududlarida umra navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishilgan. Hozirgi kunda aksariyat viloyatlarda, jumladan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Navoiy va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy navbatlar tugatilgan.

Asosiy mavzular