09:50 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Yangiliklar
Havola olish
491 0 0

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov hamkor tashkilotlar bilan Ramazon oyida ham oddiy umra vaqtidagi narxlarni saqlab qolishga kelishilganini qayd etdi

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Muqaddas Ramazon oyida 44 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari umra ziyoratini amalga oshiradilar, dedi seshanba kuni "Umra safarini tashkil etish va oʻtkazish" mavzusida oʻtkazilgan brifingda din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

"Shu paytga qadar Ramazon umrasini amalga oshirish koʻpchilik fuqarolarimiz uchun orzu edi. Ammo ramazon oyida umra qilishning yana bir oʻziga xos tomoni - Saudiya tomoni bu oyda barcha narxlarni koʻtaradi. Yashash, yemak-ichmak va boshqa barcha xizmatlar narxi koʻtariladi. Narxlar oddiy umradan farqli oʻlaroq Haj mavsumidagi narxlarga yetib qoladi. Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Haj va Umra ziyoratini tashkil etish boʻyicha Saudiyadagi rasmiy hamkori – "Al-Hidaya Hajj, Umrah & Tourism Co" shirkati shuni oʻz boʻyniga oldi-ki, Ramazon oyida ham oddiy umra vaqtidagi narxlarni saqlab qolishga kelishildi", - deb maʼlum qildi Komilov.

Sal oldin, 22 iyun kuniga qadar yuz mingdan ortiq oʻzbekistonliklar umra safarini amalga oshirishlari rejalashtirilgani, 10 mart sanasidan boshlab Toshkent-Madina-Toshkent 3-reysi yoʻlga qoʻyilishi moʻljallangani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular