10:10 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Yangiliklar
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)
965 0 0

Erkaklar orasida koronavirusga chalinish ehtimoli ayollarga nisbatan ancha yuqori ekan. Olimlar buning sabablarini turlicha izohlashmoqda

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiyalik virusologlar yangi turdagi koronavirus ayollarga nisbatan erkaklar uchun xavfliroqdir degan fikrga keldilar, deb xabar qilmoqda "Izvestiya" nashri.

Mutaxassislar fikricha, infektsiya qurbonlari orasida kuchli jins vakillarini koʻpligi ikkita sabab bilan izohlanadi: erkaklar orasida chekishga ruju qoʻyish holati koʻp uchraydi, shu bois, virus ularning oʻpkalarida jadallik bilan pnevmoniyaga aylanadi. Kasallikning ogʻir kechishiga ularda shunga genetik moyillik mavjudligi bilan ham izohlanishi mumkin.

Xitoy milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi fevral oyi boshida mamlakat kasalxonalarida birinchi vafot etgan 425 bemorning jinsi va yoshini tahlil qilib chiqqan edi.

RUDN Tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri Galina Kojevnikovaning taʼkidlashicha, virusli infektsiyalar qurbonlari orasida erkaklar soni koʻp boʻlgan holatlar fanga maʼlum. Shunday kasalliklardan biri — Kaposha sarkomasi - VIII turdagi virus tufayli yumshoq toʻqimalarning shikastlanishidir. Ammo koronavirus bilan bogʻliq holatda bu xulosa jiddiy ilmiy asosni talab etadi va aytilayotganlarning barchasi gipoteza, xolos.

Rossiyaning yetakchi virusologlari Uxanda tahlil qilingan oʻlimlarning aksariyati erkaklar xissasiga toʻgʻri kelishiga boshqa bir izoh keltirmoqdalar. Avvalo, buni Xitoyda erkaklarning ayollarga nisbatan ijtimoiy faol ekanliklari bilan bogʻlash mumkin. Misol uchun, ular bir-birlari bilan koʻproq muloqot qiladilar, koʻproq qoʻl siqib koʻrishadilar.

Ammo patogenning jins tanlashini ijtimoiy aloqalarga bogʻlab boʻlmaydi, deb yozadi nashr. Ammo bu yerda qator sabablar tufayli erkaklarning umr davomiyligi ayollarnikidan ancha past singari faktni ham eʼtibordan qochirmaslik lozim. Bu koʻrsatkich erkaklarda 67,5, ayollarda 77,6 yoshni tashkil etadi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, XXRda koronavirusga chalinganlar soni 48 mingdan oshgan, ularning 1310 nafari vafot etgan, kasalxonalardan 3441 kishiga javob berilgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)

Asosiy mavzular