09:59 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Yangiliklar
Havola olish
453 0 0

Endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar interaktiv konsullik xizmatlari orqali doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatidan oʻtishlari mumkin

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning xorijda boʻlib turgan fuqarolariga elektron tarzda doimiy yoki vaqtinchalik konsullik roʻyxatidan oʻtish imkoni yaratildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar interaktiv konsullik xizmatlari orqali doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatidan oʻtishlari mumkin. Fuqarolar "www.consulate.mfa.uz" veb-portali orqali konsullik roʻyxatidan oʻtadilar.

Bunda, konsullik roʻyxatidan oʻtish uchun kerak boʻlgan hujjatlarning “PDF” formatda skaner qilingan nusxalari "www.consulate.mfa.uz" veb-portali orqali joylashtiriladi.

Hujjatlar taqdim etilgan vaqtning oʻzida konsullik xodimi portal orqali roʻyxatga olingan shaxslarning elektron pochta manziliga konsullik roʻyxatiga olinganliklari toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomani joʻnatadi.

Buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Asosiy mavzular