08:59 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
1276 0 0

Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Rossiya hududiy yaxlitligini mustahkamlash zaruriyati toʻgʻrisidagi bayonotini mantiqan va qonunan toʻgʻri deb hisoblashadi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Konstitutsiyasida Rossiya yerlarini har qanday begonalashtirishga taqiq qoʻyilishini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi maslahatlashuv kengashi aʼzosi Sayyora Xodjayeva bunday qoidalar Rossiya Federatsiyasining milliy manfaatlariga toʻliq mos kelishini taʼkidladi.

"Vladimir Putin oʻz ona yurtining haqiqiy  vatanparvaridir va Rossiya yerlarini begonalashtirishni konstitutsiyaviy asosda taqiqlash tarafdori ekanligini yana bir bor taʼkidlab, davlat rahbari sifatida faqat oʻz mamlakatining yaxlitligini taʼminlash uchun ish tutishini tasdiqlaydi. Oʻylaymanki, bunday qarorga kelish uchun faqatgina Alyaskaning oʻzi kifoya boʻlar edi"- deya taʼkidladi Xodjayeva.

Uning fikriga koʻra, bunday yondashuv koʻplab davlat rahbarlari uchun tushunarli va mantiqiydir.

Ushbu tashabbus taniqli oʻzbek musiqachisi va bastakori Oʻktam Hakimov tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Uning fikricha, bunday strategik gʻoyalar olqishga sazovor.

"Men Rossiya prezidentining bu boradagi bayonotini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman - bunday boylikni hech qachon sovurib boʻlmaydi", - dedi sanʼatkor.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning yanvar oyi oʻrtalarida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisiga yoʻllagan murojaati doirasida mamlakatning asosiy qonuniga bir qator muhim oʻzgartirishlarni taklif qildi.

Ular, avvalambor, parlamentning ikkala palatasini roli va vakolatlari, prezidentlikka nomzodlar va parlament aʼzolariga qoʻyiladigan talablar bilan bogʻliq. Bundan tashqari, davlat rahbari oila maqomi haqidagi taʼrif haqida oʻylab koʻrishga vaʼda berdi. Shu bilan birga, Putin mamlakatni boshqarar ekan, Rossiyada 1-raqamli va yoki 2-raqamli ota-ona tushunchalari paydo boʻlmasligi – aksincha, faqat "ota" va "ona", boʻladi, deya ishontirdi.

Referendumda oʻzgarishlar taqdirini hal qilish rossiyaliklar qoʻlida boʻladi. Darvoqe, Rossiya yetakchisi umumiy fikr bildirish, dam olish kuni deb eʼlon qilinajak ish kunida oʻtkazilishini istashini bildirdi.

Asosiy mavzular