01:21 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
179821

Qonunchilik loyihasida Rossiya fuqaroligini mavjud fuqarolikdan voz kechmagan holda olish imkoniyati koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Belarus, Ukraina, Moldova va Qozogʻiston aholisi uchun RF fuqaroligini olish jarayoni soddalashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijneye zarubejye Telegram kanali.

Qonunchilik loyihasi Rossiya fuqaroligi qabul qilinishi muddatlarini qisqartirishni nazarda tutadi. Davlat dumasining MDH masalalari, yevroosiyo integratsiyalari va vatandoshlar bilan aloqalar boʻyicha qoʻmita rahbari Leonid Kalashnikovning aytishicha, quyidagi nizomlar kiritilmoqda:

- Fuqarolikni olish uchun besh yil RFda yashash talab etilmaydi;

- ushbu mamlakatlar yashovchilari "moddiy ahvolini isbotlashi kerak boʻlmaydi";

- qonun loyihasi RF fuqaroligini mavjud fuqarolikdan voz kechmagan holda olish imkoniyatini koʻzda tutadi.

RF fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish huquqi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Davlat dumasiga fevral oyi oxiriga qadar kiritiladi.

Asosiy mavzular