10:25 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
258 0 0

Uchrashuvda joriy yil iyun oyida Rossiyaning Saratov shahrida oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Oʻzbekiston transport vaziri Elyor Gʻaniyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Hukumatlararo Yoʻlchilar Kengashi kotibiyati rahbari Buri Karimov bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.

"21 fevral kuni oʻtkazilgan uchrashuvda MDH Hukumatlararo Yoʻlchilar Kengashi kotibiyati va MDHning transport boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish shuningdek, joriy yilning 24-26 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida “Avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash uchun texnologiya hamda uskunalar” mavzusida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yuzasidan fikr almashildi", - deyiladi xabarda.

Mazkur konferentsiyada MDH Hukumatlararo Yoʻlchilar kengashi faoliyati bilan bogʻliq masallar, xalqaro transport koridorlari va MDH davlatlarining xalqaro avtomobil yoʻllari holati va ularni yaxshilash, yoʻl xoʻjaligi sohasidagi muammolar yechimi kabi masallar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda shuningdek, joriy yilning avgust oyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Hukumatlararo Yoʻlchilar Kengashi kotibiyati va qator vazirliklar bilan hamkorlikda Eron, Armaniston, Turkmaniston va Oʻzbekiston hududi orqali Xalqaro avtosayohat (avtokarvon) tashkil etish masalasi muhokama etildi.  

Asosiy mavzular