21:39 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
1842 0 0

Profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati koʻpaygan.

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. 2019 yilda jinoyatlar soni Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari  va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolgan. Bu haqda 22 fevral kuni Bosh prokuraturada oʻtkazilgan Jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining kengaytirilgan yigʻilishida aytib oʻtildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida birgina 2019 yilda umumiy jinoyatlar qariyb 3 mingtaga yoki 6 %ga kamayib, Oʻzbekistonda kriminogen vaziyat barqarorligi saqlangan. Mavjud 9116 ta mahalladan 3074 tasi yoki har uchinchisida jinoyat qayd etilmagan. 

Qotillik jinoyati Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, ogʻir shikast yetkazish Qashqadaryoda, nomusga tegish Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryoda, bosqinchilik Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli oshgan.

Profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati koʻpaygan.

Fargʻona va Toshkent viloyatlarida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan, Navoiy, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida mast holda jinoyat sodir etish holatlari koʻpaygan.

Misol uchun, Yunusobod tumanida maʼmuriy nazoratda boʻlgan K. spirtli ichimlikka ruju qoʻyib, 4 yoshli qizini 4 - qavatdan pastga tashlab yuborib, qotilikka qoʻl urgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda davlat boshqaruv idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida oʻtgan yilda mamlakatdagi qariyb 67 % mahallalarda jinoyat sodir etilgan, 1797 tasida jinoyatlar oshgan.

Yigʻilishda kriminogen vaziyati ogʻir va aholi soni koʻp mahallalarga huquqiy sohada yetarli bilim va tajribaga ega xodimlarni profilaktika inspektori lavozimiga tayinlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Asosiy mavzular