Gazlangan ichimliklar organizmga qanday ziyon yetkazadi - tadqiqot

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishProdaja energeticheskix napitkov v Rossii
Prodaja energeticheskix napitkov v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar gazlangan ichimliklar o‘rniga oddiy suv iste’mol qilishni maslahat beradilar. Agar juda ham iste’mol qilgingiz kelsa, gazlangan ichimliklarni har kuni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Gazlangan ichimlik yoki limonadni tez-tez iste’mol qilish lipid almashinuv buzilishi xatariga olib keladi, deyiladi Amerikaning yuraklar assotsiatsiyasi tadqiqotida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Mujchina xrustit palsami. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Barmoqlarni qisirlatish odati suyak bo‘g‘inlarini erta "pensiya"ga yuboradi - ortoped

Tafts universiteti olimlari, gazlangan ichimliklarni har kuni iste’mol qiladigan insonlarda dislipidemiya turlarining biri rivojlanishi xatari vujudga kelishini aniqlashdi. Misol uchun, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar ya’ni "yaxshi" xolesterinlar konsentratsiyasi pasayishi gazlangan ichimliklarni kam iste’mol qiladiganlarda 98%ga yuqori bo‘lgan.

Olimlar katta va o‘rta yoshdagi tadqiqot ishtirokchilarini o‘n ikki yil davomida kuzatganlar.

"Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gazlangan ichimlik, limonad yoki mevali punshni tez-tez iste’mol qilish yillar o‘tishi bilan lipid almashinuv buzilishi holatiga olib kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, qondagi sog‘lom xolesterin darajasini ushlab turish uchun gazlangan ichimliklardan voz kechgan ma’qul", - deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflaridan biri Nikola MakKioun.

Parhezshunoslar chanqoqni oddiy suv bilan bosishni, mevali soklar o‘rniga esa butun mevalarni iste’mol qilishni tavsiya etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0