O‘zbekiston BAAga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNosovaya chast Drimlaynera uzbekskix avialiniy
Nosovaya chast Drimlaynera uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekiston va BAA havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Vetranie elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurishga 600 mln $ investitsiya kiritadi

Bu haqda joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) O‘zbekiston va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan maslahatlashuvlar davomida aytib o‘tilgan.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Bayonnoma imzolaganlar.

Yangiliklar lentasi
0