14:26 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
195101

Ilgariroq, Oʻzbekistondagi barcha taʼlim muassasalari 16 martdan yopilishi, shuningdek, Navroʻz xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar oʻtkazilmasligi xabar qilingan edi.

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. 16 martdan Oʻzbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi.

Bu haqda koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bagʻishlangan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi shoshilinch yigʻilishda maʼlum qilindi.

Chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin boʻladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda boʻlishlari talab etiladi.

Temir yoʻllar qatnovlari masalasi yaqin kunlarda koʻrib chiqiladi.

Avvalroq Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistondagi barcha taʼlim muassasalari 16 martdan yopilishi, shuningdek, Navroʻz xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar oʻtkazilmasligi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular