06:46 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)
275931

Oʻzbekistondagi barcha hududlar koronavirusni tekshirish uchun asbob-uskunalar, test vositalari hamda himoya vositalari bilan taʼminlangan, vaziyat toʻliq nazoratda, deb ishontirmoqda Hukumat

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Bugun, yakshanba kuni, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bagʻishlangan shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilish vaqtida bosh vazir koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli Oʻzbekistonda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi toʻgʻrisida gapirdi.

Oʻzbekistonliklarni karantin vaqtida nima kutmoqda?

1. 16 martdan eʼtiboran Oʻzbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi.

2. Barcha OTMlar, maktablar va bolalar bogʻchalarida uch haftalik karantin eʼlon qilindi. Talabalar uchun ichki temir yoʻl reystlariga 50%lik chegirma eʼlon qilindi.

3. Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navroʻz tadbirlari bekor qilindi.

4. Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfektsiya qilinadi.

5. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar oʻtkazish vaqtinchalik toʻxtatiladi. 

Hukumat barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni oʻtkazishni vaqtincha cheklash boʻyicha murojaat qiladi.

6. 16 martdan eʼtiboran tibbiyot niqoblarini xorijga eksport qilish toʻxtatiladi. Mamlakatimizda himoya qiluvchi kombinezonlar ishlab chiqarish hajmi oshadi.

7. Karantin vaqtida yolgʻon va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻriladi.

8. Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar koʻradi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qoʻmitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada gʻamlangan.

9. Oʻzbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining Oʻzbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi Oʻzbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

10. Koronavirus boʻyicha barcha savollarga 1003 raqami orqali javob olish mumkin.

! Koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlari doirasida shahar bozorlari yopilmaydi. Ularning ish tartibi oʻzgarishsiz qoldiriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)

Asosiy mavzular