12:14 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1345)
637 0 0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi oʻzbekistonliklarga vahima qilmasdan, koronavirus infektsiyasidan saqlanishga toʻliq rioya qilishlarini soʻradi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi va uning oldini olishga qaratilgan barcha kuch va vositalar jalb qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ayni damda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi vaziyat toʻliq nazoratga olingan. "Vatandoshlarimizdan xotirjamlik saqlab, vahima qilmasdan koronavirus infektsiyasidan saqlanish boʻyicha berib borilayotgan tavsiyalarga toʻliq rioya qilishlarini soʻrab qolamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu sinovli damlar butun oʻzbek xalqini yanada birlashtirishga xizmat qiladi" – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Oʻzbekistonda yana ikki bola va bir kishida koronavirus infektsiyasi tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1345)

Asosiy mavzular