05:15 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)
266 0 0

Yazarevichning soʻzlariga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Italiyada infektsiyaning qachon avjiga chiqishini oldindan aytib bera olishmayapti, ammo vafot etganlarning koʻpi 2-3 hafta oldin kasal boʻlib qolishgan.

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik, Yelizaveta Isakova. Yaqin kelajakda Yevropada yangi koronavirusdan oʻlim hollari koʻpayadi, chunki koʻpgina davlatlar epidemiyaning boshlangʻich bosqichida, dedi RIA Novostiga Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazarevich.

"Italiyada epidemiya Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda uzoqroq davom etdi, shuning uchun koʻp kasallanganlar davolanib ketadi yoki vafot etadi. Epidemiyaning boshlangʻich bosqichida boʻlgan boshqa Yevropa mamlakatlarida oʻlim yaqin kunlar va haftalarda boshlanishi mumkin", - dedi u.

Yazarevichning soʻzlariga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Italiyada infektsiyaning qachon avjga chiqishini oldindan aytib bera olishmayapti, ammo vafot etganlarning koʻpi 2-3 hafta oldin kasal boʻlib qolishgan.

"Kasallanishning kuniga uch yuztagacha keskin koʻtarilishi holati Italiyaning aloqalarni kuzatish va ularni izolyatsiya qilish imkoniyatini cheklab qoʻydi. Katta muammo shimoliy Italiyadagi bir qator holatlar aniq epidemiologik aloqaga ega emasligi boʻldi. COVID-19dan vafot etganlar oʻrtacha hisobda 2-3 hafta oldin yuqtirgan", - dedi u.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. Dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida 153 mingdan ortiq odam yuqumli kasallikka chalingan, ularning aksariyati tuzalib ketdi, 5,7 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)

Asosiy mavzular