O‘zbekiston ichidagi aviaqatnovlar jadvali o‘zgardi  

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi mamlakat ichidagi aviaqatnovlar jadvalida o‘zgarishlar kiritilganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston ichidagi aviaqatnovlar jadvali o‘zgardi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways axborot xizmati.

Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 40 kunga xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi

Xususan, joriy yilning 20-28 mart kunlari Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilingan. Shu kunlarda HY051 qatnovining yo‘lovchilari Toshkentdan Urganch shahriga HY011 qatnovi orqali olib boriladi. HY011 samolyoti Toshkentdan soat 09:00 da uchib, Urganchga soat 12:10 da qo‘nadi.

HY052 qatnovi yo‘lovchilari HY012 qatnovi orqali Toshkentga olib kelinadi. Urganchdan samolyot soat 12:50da uchib, Toshkentga soat 14:10da qo‘nadi.

Shuningdek, Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 qatnovining ham ketish vaqti o‘zgargan, Toshkentdan samolyot soat 09:00 da uchib, Nukusga soat 10:40 da qo‘nadi.

Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY012 qatnoviga aviachiptasi bo‘lgan yo‘lovchilar Urganchga oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Nukusdan samolyot soat 11:20 da uchib, Toshkentga soat 14:10da qo‘nadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0