Qirg‘iziston Rossiyadan tashqari barcha davlatlar bilan aviatashuvlarni bekor qildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMejdunarodniy aeroport "MANAS"
Mejdunarodniy aeroport MANAS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda ayni vaqtda koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 12ta holat qayd etilgan. Virusni yuqtirganlarning barchasi Saudiya Arabistoni va Quvaytdagi muqaddas qadamjolar ziyoratidan qaytishgan bo‘lgan.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Qirg‘iziston koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyadan tashqari barcha mamlakatlar bilan aviatashuvlarni bekor qildi. Bu haqda shanba kuni RIA Novostiga COVID-19ga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi ma’lum qilgan.

Mobilnaya laboratoriya dlya sdachi analizov na koronavirus v Latviyskom sentre infektologii v Rige. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 37 nafarga yetdi

"Qirg‘izistonga (shu jumladan, Qirg‘izistondan) muntazam qatnovchi xalqaro aviareystlarga vaqtinchalik cheklov kiritilgan, ushbu choralar aholi salomatligini himoya qilish hamda koronavirusning mamlakat hududida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilindi", - deb aytgan shtab vakili.

Suhbatdoshning aytishicha, havo transporti orqali amalga oshiriladigan yuk tashuvlari hamda respublika shtabi qarori bo‘yicha Qirg‘iziston fuqarolarini olib chiqish uchun belgilangan charter reyslar bundan mustasno. Moskva - Bishkek - Moskva, O‘sh - Moskva - O‘sh va Novosibirsk - Bishkek - Novosibirsk reyslari qatnovi ham saqlanib qoladi. Ularning barchasi haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.

Qirg‘izistonda ayni vaqtda koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 12ta holat qayd etilgan. Virusni yuqtirganlarning barchasi Saudiya Arabistoni va Quvaytdagi muqaddas qadamjolar ziyoratidan qaytishgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. Jahonda ushbu virusga chalinganlar soni 234 mingdan ortdi, 10 mingga yaqin inson halok bo‘ldi. Rossiyada, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlar soni 253 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0