14:35 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (630)
78410

Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov mobil telefoni oʻzida viruslar saqlashi mumkinligini aytgan holda, uni vaqti-vaqti bilan dezinfektsiyalash kerakligini qayd etdi

TOSHKENT, 21 mar - Sputnik. Oʻzbekiston sanitar vrachi Bahrom Almatov mobil telefonlar orqali koronavirusning yuqishi ehtimoli yuqoriligini qayd etdi.

"Bugungi kunda telefonlar eng koʻp ishlatiladigan anjomlardan biri. U oʻzida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi ham mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham koʻchib oʻtadi. Koronavirus toʻlqinlar orqali yuqmaydi. Buni toʻgʻri tushunish kerak», — dedi Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov koronavirus mavzusiga bagʻishlangan brifing davomida.

Almatov smartfonlarni vaqti-vaqti bilan dezinfektsiyalash zarurligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 37 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (630)

Asosiy mavzular