03:18 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
918 0 0

Koronavirus tufayli Oʻzbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi - Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi axboroti

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri "Koronavirus info" telegram kanali xabariga tayangan holda.

Taʼkidlanishicha, ushbu choralar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Armiyaga chaqiruvning vaqtincha toʻxtatilishi, Oʻzbekiston mudofaa qobiliyatini zaiflashtirmaydi, negaki, Qurolli kuchlar tarkibiga asosan shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiylar kiradi, deb taʼkidladi Mudofaa vazirligi vakili.

Ilgariroq, Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus kasalligini respublika hududi boʻylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yoʻl) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilgan edi.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bogʻliq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida 24 martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.

Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)

Asosiy mavzular