06:27 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Yangiliklar
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
1895 0 0

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbariga koʻra, virusni yuqtirish boʻyicha 100 minginchi holat 67 kunda qayd etilgan boʻlsa, oradan atigi 11 kun oʻtib, bu koʻrsatkich 200 ming, yana 4 kundan soʻng 300 mingga yetgan

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik, Yelizaveta Isakova. Yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshmoqda, dunyo boʻyicha 300 mingdan ziyod holat kuzatildi, deb bayonot berdi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

"Pandemiya tezligi oshmoqda. Birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun oʻtdi, oradan yana 11 kun oʻtib, 200 minginchi koʻrsatkich qayd etilgan boʻlsa, 4 kundan soʻng ushbu raqamlar 300 mingga yetdi".
Tedros Adxanom Gebreyesus

BSST bosh direktori mamlakatlar tomonidan kiritilgan qatʼiy choralar koronavirus tarqalishi tezligini pasaytirishini, ammo himoya vositalari va materiallar ishlab chiqarilishi tanqisligini yuzaga keltirishi mumkinligini aytib, ogohlantirdi.

Gebreyesus shuningdek, COVID-19ga qarshi sinovdan oʻtkazilmagan dorilarni qoʻllash xavfiga eʼtibor qaratdi.

"Oʻta samarali dorilarga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligini va bu borada tanqislik mavjudligini tan olamiz. Ayni vaqtda COVID-19ga qarshi samarali, deb tan olingan dori vositalari mavjud emas. Turfa xil boʻlmagan kuzatuvlar va tadqiqotlar bizga kerakli boʻlgan javobni bera olmaydi. Kerakli dalillarga ega boʻlmagan sinovdan oʻtmagan vositalardan foydalanish yolgʻon umid berishi va foydadan koʻra, koʻproq ziyon yetkazishi, shuningdek, boshqa kasalliklar uchun moʻljallangan dori vositalarining tanqisligiga olib kelishi mumkin", - dedi u.

BSST bosh direktori shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va ular eksportini taqiqlamaslik iltimosi bilan "katta yigirmatalik" mamlakatlari yetakchilariga murojaat qilmoqchi. Gebreyesusni fikricha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari himoya vositalari bilan taʼminlanishi oʻta muhim.

Eslatib oʻtamiz, BSST 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 12,7 mingdan ziyod kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular