07:45 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
2197 0 0

Ilgariroq OAVlar aktrisaning loyihani tark etishi sababi Meryem Uzerlining homiladorligi, deya xabar tarqatishgandi. 2014 yilning fevralida aktrisa qizaloqni dunyoga keltirdi va unga Lara, deb ism qoʻydi.

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. "Muhtasham 100 yil" tarixiy serialida Hurram Sulton rolidan keyin olamshumul mashhurlikka erishgan, kelib chiqishi Germaniya va Turkiyadan boʻlgan aktrisa Meryem Uzerli yetti yil ichida birinchi marta nega loyihani tark etgani haqida soʻzladi, deb xabar qilmoqda Aksam.

Aktrisaning aytishicha, u ruhiy boʻshliq tufayli, shunday qarorni qabul qilgan.

"Men oʻzimga nisbatan haddan ziyod talabchan edim. Men oʻz-oʻzimga "Meri, sen mashinasan va bu mashina ishlashi kerak. Komil boʻl. Intizomga rioya et", deya singdirardim. Men oʻzimni robot his qilardim. Oxir-oqibat jamoamga, bunday tempdagi ish juda ogʻirligini aytishga majbur boʻldim, - deya izoh beradi Uzerli. - Men zaryadi qolmagan akkumulyator misoli edim".

Aktrisa 2013 yilda, uchinchi mavsum oxirida serialni tark etadi. Oʻshanda uning oʻrniga tomoshabinlar avvaliga qabul qilishni istamagan Vaxide Gyordyum kelgan edi.

Ilgariroq OAVlar aktrisaning loyihani tark etishi sababi Meryem Uzerlining homiladorligi, deya xabar tarqatishgandi. 2014 yilning fevralida aktrisa qizaloqni dunyoga keltirdi va unga Lara, deb ism qoʻydi.

"Muhtasham yuz yil" seriali Turkiyaning Star TV telekanalida 2011 yildan 2014 yilga qadar namoyish etilgan. Loyihada XVI asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasiga hukmdorlik qilgan sulton Sulaymon I hayoti haqida soʻz yuritilgan.

Asosiy mavzular