13:12 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
121104

Bugun tongda shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir miokard infarktidan vafot etgan.

TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi. Bu bemorlanganlar orasida qayd etilgan birinchi oʻlim holatidir.

Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida boʻlgan namanganlik 72 yoshli R. ismli ayol koronavirus infektsiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infektsiya aniqlangan. Bemorga ushbu infektsiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali oʻtkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan oʻtkir miokard infarktidan vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)

Asosiy mavzular