O‘zbekiston shifokorlari koronavirusga qarshi kurashda yordam bermoqchi

© Minzdrav Uzbekistana Fleshmob uzbekskix vrachey, "mi dlya vas ostalis na rabote"
Fleshmob uzbekskix vrachey, mi dlya vas ostalis na rabote  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday ko‘ngillilarga o‘z takliflarini yetkazishga yordam berish uchun Milliy Palata bugun, 27-mart kuni "Milliy Palata COVID-19" maxsus telegram kanalini tashkil qildi.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda o‘z tajribasi va kasbiy mahoratini qo‘llamoqchi bo‘lgan shifokorlardan takliflar  kela boshladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

Aksiya blagodarnosti: kak podderjivayut vrachey, borushixsya s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent koronavirusga qarshi kurashayotganlarni fleshmob bilan olqishladi

Bunday ko‘ngillilarga o‘z takliflarini yetkazishga yordam berish uchun Milliy Palata bugun, 27-mart kuni "Milliy Palata COVID-19" maxsus telegram kanalini tashkil qildi.

Ushbu kanalga obuna bo‘lish orqali O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etishni istagan sog‘liqni saqlash mutaxassislari (shifokorlar, hamshiralar, laboratoriya yordamchilari) o‘zlari haqida qayta aloqaga doir ma’lumotlarni qoldirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni, O‘zbekiston prezidentining "Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etadigan tibbiyot xodimlari va sanitariya-yepidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi.

Sotrudniki skoroy pomoshi v zashitnix kostumax na territorii bolnichnogo kompleksa v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 88 nafarga yetdi

Farmonga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadigan ishchilar moddiy yordamga tayanishi mumkin.

Karantin paytida (shu jumladan, 2020-yil mart oyida ham) bemorlarni turar-joy binolari va laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi bilan aloqa qilgan xodimlarga har 14 kunlik ish uchun quyidagi hajmda maosh to‘lanadi (soliqlardan tashqari):

tibbiyot xodimlari, laboratoriya yordamchilari - 25 million so‘m;

o‘rtacha tibbiyot xodimlariga, hamshiralar, laboratoriya xodimlariga - 15 million so‘m;

kichik tibbiyot xodimlari - 10 million so‘m;

boshqa xodimlarga (ularning ro‘yxati Inqirozga qarshi komissiya tomonidan tasdiqlanadi) - 5 million so‘m.

 

 

Yangiliklar lentasi
0