06:55 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
383920

Shu soatgacha mamlakatda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da oʻlim holati qayd etildi.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar orasidan aniqlangan.

Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da oʻlim holati qayd etilgan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. BSST soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha virusni yuqtirganlar soni 509 mingni tashkil qilmoqda, 23 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular