15:52 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)
214 0 0

Tashkil etilgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini oʻlchovchi) va oʻtishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfektsiya qilinadi.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. "Koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Jizzax shahrini karantinga olish toʻgʻrisida" gi Jizzax shahri hokimi qaroriga koʻra, shaharga 2020 yil 28 martdan boshlab kirish va chiqish toʻxtatiladi, deb xabar bermoqda viloyat axborot-xizmati.

Hujjatga muvofiq, Jizzax shahriga 2020 yil 28 mart soat 00.01 dan boshlab kirish va chiqish toʻxtatildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan Jizzax shahriga kirish chiqishni nazorat qilish uchun qoʻshimcha yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etadi.

Jizzax shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infektsiyasi alomatlarini aniqlash boʻyicha majburiy tibbiy nazorat oʻrnatiladi.

Tashkil etilgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlari pirometrlar (masofadan tana haroratini oʻlchovchi) taʼminlanadi va oʻtishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfektsiya qilinadi.

Jizzax shahridagi "Yoshlar shaharchasi", "Istiqlol" va "Oʻrda" ekologik istirohat bogʻlari faoliyati toʻxtatilib, fuqarolarning bogʻ hududiga kirishi taʼqiqlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)

Asosiy mavzular