13:31 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1170)
854080

Xabarda taʼkidlanishicha, "Farmzaщita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va frantsuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Federal tibbiy-biologik agentlik koronavirus infektsiyasini davolash uchun preparatni taqdim etdi. U bezgakka qarshi mefloxin preparati asosida yaratilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda taʼkidlanishicha, "Farmzaщita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va frantsuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.

"Yuqori selektivlikka ega preparat koronavirusning hujayralarda tarqalish taʼsirini bloklaydi va koʻpayishini oldini oladi, mefloxinning immunosupressiv harakati esa virus tufayli javoban kelib chiqadigan yalligʻlanish holati faollashuviga toʻsqinlik qiladi. Maklorid antibiotiklar va sintetik penitsillinlarning qoʻshilishi ikkilamchi bakterial-virus sindromi shakllanishiga toʻsqinlik qilibgina qolmay, balki qonda va oʻpkada virusga qarshi vositaning kontsentratsiya darajasini oshirish imkonini beradi", - deb aytgan FTBA rahbari Veronika Skvortsova.

Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin >>>

Shifokor taʼkidiga koʻra, bu turli darajadagi ogʻirlikda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni samarali davolashini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, mefloxin asosida koronavirus profilaktikasi boʻyicha taʼsirchan va xavfsiz ishlanmani yaratish boʻyicha ishlar olib borilayapti, deya aniqlik kiritmoqda agentlik matbuot-xizmati.

Ushbu ishlanmani Sogʻliqni saqlash tavsiyalari roʻyxatiga kiritish taklif qilinmoqda.

Soʻrov

Koʻchaga tez-tez chiqib turibsizmi?
  • Ha, men koronavirusdan qoʻrqmayman
    6.1% (26)
  • Ish boʻyicha chiqishga majburman, boʻlmasa uyda oʻtirgan boʻlar edim
    48.1% (206)
  • Kamdan-kam chiqyapman, uydan turib ishlayapman
    22.4% (96)
  • Chiqmayapman, hatto lozim boʻlganda ham
    23.4% (100)
Ovoz berishdi: 428

COVID-19

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, butun dunyo boʻyicha 510 mingdan ziyod kishi ushbu virusni yuqtirgan, 23,5 ming inson vafot etgan.

Oʻlim holatlari boʻyicha Italiya, Ispaniya va Xitoy birinchi uchlikda turibdi.

Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1264 nafarga yetdi (ularning 817 tasi Moskvada), 49 kishi tuzalgan, toʻrt kishi oʻlgan.

Koronavirusdan ikki million ukrainaliklar oʻladi - mutaxassis prognozi >>>

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1170)

Asosiy mavzular