O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 158 taga yetdi

Obuna bo‘lish
Ushbu infeksiya shu yilning 12-martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslarda aniqlangan

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8 taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda.

Professor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Soy Chje Uk - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ga qarshi kurash: SSVda koreyalik mutaxassis ish boshladi

Ushbu infeksiya shu yilning 12-martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan asli navoiylik 2 nafar kishida, ya’ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlik bo‘yicha 690 ming holat aniqlangan, 33 mingdan ziyod inson vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0