TOSHKENT, 31 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 5 taga oshdi va ayni vaqtda 172 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, bugun koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan poytaxtga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan.
Oʻtgan vaqt davomida u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida toʻliq davolangan.
Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sogʻayganlar soni Oʻzbekistonda 8 nafarga yetdi.
31 mart sanasiga qadar koronavirusni aniqlash boʻyicha 22 mingdan ortiq test oʻtkazilgan.