13:32 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
196930

Endilikda Oʻzbekistonda 65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.

TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “oʻzini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi.

65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.

Zarurat boʻlgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar doʻkoniga chiqishga ruxsat etiladi.

Komissiya qaroriga koʻra, yakka tartibdagi xayriya aktsiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aktsiyalarini joriy yilning 1 aprelidan eʼtiboran vaqtincha toʻxtatiladi.

Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

👉 Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi Oʻzekspomarkaz Milliy koʻrgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;

👉 Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlimlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi maʼlumotni hududiy tegishliligi boʻyicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

Karantin
Press-slujba Natsionalnoy gvardii Uzbekistana

👉 jismoniy va yuridik shaxslarning begʻaraz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi koʻrikdan oʻtkazilib, karantin talablariga qaʼtiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;

👉 aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida boʻlgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va koʻngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;

👉 ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.

❗️Pul koʻrinishidagi mablagʻlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazish tavsiya qilinadi.

Ushbu tartibga katʼiy amal qilinishi talab etiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular