13:27 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
371830

Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikkitasi vafot etdi. Ayni vaqtda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 241 nafarga yetgan.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Oʻzbekistondan kasallik koʻtarilishini soʻrab Baytullohda duo qilindi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi.

"Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Haj" va "Umra" safarlari boʻyicha Saudiya Arabistonidagi hamkor "al-Hidoya" shirkati vakillari Makkai mukarramadagi Harami sharifda insoniyat boshiga kelgan bu xastalikni daf boʻlishini soʻrab, Haq taologa yolvorib quyidagi duo oʻqidilar", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik boʻyicha ilk holat 14 mart kuni Frantsiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikkitasi vafot etdi. Ayni vaqtda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 241 nafarga yetgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari ogʻir ahvolda ekanligini aytgan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sogʻaygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar ogʻir ahvolda qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular