12:33 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
213301

Koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqilishi uchun taxminan bir yilcha vaqt talab etiladi. Hozircha esa oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish orqali himoyalanish mumkin, deb hisoblaydi amerikalik olimlar

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Koronavirus COVID-19 grippdan keskin farq qiladi va oʻta xavfli, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Sent-Luis (AQSH)dagi Vashington universiteti eksperti Ebigeyl Karlsonning tushuntirishicha, odamlarda vaqt oʻtishi bilan grippga qarshi kollektiv immunitet shakllangan, shu bois, mavsumiy epidemiyalar vaqtida insoniyatning kattagina qismi ushbu kasallik qurboniga aylanmaydi.

"Sizning immun tizimingiz dushman virusni tanib qolib, oldingi infektsiyadan tajribaga ega boʻlgan holda, antitanachalarni ishlab chiqishi mumkin. Ayrim odamlarga privivka qilinadi", - dedi u.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti mutaxassisi Otto Yangga koʻra, koronavirus infektsiyasining oldini olish uchun tayyor vaktsina yoʻq, demakki, populyatsiya jiddiy oqibatlarsiz kechmaydi. Olim vaktsina yaratilishiga bir yildan ortiq vaqt talab etilishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

Ekspertlar soʻzlariga koʻra, ikki kasallikning tashxisida ham farq mavjud. Grippni shifokorlar sinalgan usullar: masalan, burun yoki ogʻizdan mazok olish orqali aniqlaydilar.

Yang va Karlson fikricha, COVID-19ni esa hozircha faqatgina izolyatsiya va ijtimoiy masofalanish orqali yengish mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular