COVID-19: O‘zbekistonda 534taga yetdi, AQShda rekord darajada o‘lim qayd etildi

© AP Photo / Jon Chol JinProizvodstvo dezinfitsiruyushego sredstva v Pxenyane
Proizvodstvo dezinfitsiruyushego sredstva v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 8-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 534 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. 2020-yil 8-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 534 nafarga yetdi.

Mamlakatda 30 nafar bemor sog‘aygan, ikki kishi virus qurboniga aylangan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 dan uch nafar o‘zbekistonlik vafot etgan.

Jiteli Uxanya v meditsinskix maskax na avtobusnoy ostanovke - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy hukumati Uxan shahridan chiqish yo‘lini ochdi

Bu orada AQShda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi tufayli so‘nggi sutkada 1736 kishi vafot etdi, bu esa mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, deya ma’lumot beradi Jon Xopkins universiteti.

AQShda koronavirus qurbonlari soni umumiy miqdori 12,7 mingdan oshgan. O‘lim holati eng ko‘p Nyu-Yorkda qayd etilgan (4009), ushbu shtat Qo‘shma Shtatlarda epidemiya epimarkazi hisoblanmoqda.

AQShda COVID-19 ga 398 mingdan ziyod kishi chalingan, 22 ming bemor sog‘aygan.

COVID-19 tarqalishi

Koronavirus pandemiyasi 180 dan ortiq mamlakatni egallab oldi. BSST COVID-19ni yuqtirgan 1,2 million nafar bemorlar haqida xabar bermoqda, 72 mingdan ziyodi vafot etgan.

Ayni vaqtda virusga chalinganlik bo‘yicha eng ko‘p holatlar qayd etilgan mamlakatlar orasida AQShdan tashqari, Ispaniya va Italiya ham mavjud. Ayni kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlik bo‘yicha 7497 ta holat aniqlangan, 494 kishi tuzalgan, 58 nafar bemor vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0