14:17 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
585 0 0

Energetika vazirligi elektr taʼminotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan holda, ushbu ishlarni yakunlash va elektr taʼminotini tiklash choralari koʻrilayotganligini maʼlum qilmoqda.

TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. 9 aprelga oʻtar kechasi Oʻzbekistonda kuzatilgan kuchli shamol (shtorm) tufayli mamlakatning bir qismi (oʻrtacha hisobda isteʼmolchilarning 15%i) elektr tokidan mahrum boʻldi. Eng koʻp talafot koʻrgan region Samarqand viloyatidir (30%), deb xabar qiladi Energetika vazirlidan olingan maʼlumot asosida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Toshkent viloyati, Toshkent shahri Sirdaryo, Jizzah, Samarqand va boshqa viloyatlarda noqulay ob-havo natijasida daraxtlarning sinishi va qulashi bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelgan. Hozirda Toshkentning koʻpgina koʻchalarida qulab yotgan daraxtlarni koʻrish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boʻlimlari xodimlari tomonidan joylarda yoʻlaklar, avtomobillar harakatlanuvchi koʻchalar, xiyobonlar boʻylab tozalash ishlari olib borilmoqda.

FVV qutqaruv brigadalari kuchaytirilgan tartibda ish olib borayotgan boʻlsalar-da, 17.00ga qadar ham poytaxt koʻchalari singan daraxtlardan toʻliq tozalab olinmagan.

Likvidatsiya posledstviy snegopada v Tashkente
MCHS Uzbekistana
Likvidatsiya posledstviy snegopada v Tashkente

Energetika vazirligi Oʻzbekistondagi elektr tokida boʻlayotgan uzilishlar elektr tokining tanqisligi bilan bogʻliq emasligiga alohida urgʻu bermoqda.

Posledstviya snegopada v Tashkente
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Posledstviya snegopada v Tashkente

Energetika vazirligi ayni vaqtda mamlakatda yetarli miqdorda elektr quvvati ishlab chiqarilayotganini taʼkidlagan holda, muammo yuzaga kelgan joylarda elektr taʼminotini tiklash choralari koʻrilayotganini maʼlum qilgan.

"Mamlakatimiz boʻylab kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli respublikamizning turli hududlarida elektr qurilmalarida vujudga kelgan avriyaviy holatlar hamda qalin qor yogʻishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni vaqtda "Hududiy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyatining topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida elektr taʼminoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Posledstviya snegopada v Tashkente
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Posledstviya snegopada v Tashkente

Vazirlik elektr taʼminotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻrab, ushbu ishlarni yakunlash va elektr taʼminotini tiklash choralari koʻrilayotganligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular