00:03 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
71510

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Almatov koronavirus infektsiyasi tarqalishi boʻyicha tahlil natijalarini eʼlon qildi

TOSHKENT, 10 apr - Sputnik. Bugungi kunda xorijdan kelgan 94 nafar fuqarodan tarqalishi mumkin boʻlgan 100 mingdan ortiq aholining toʻliq roʻyxati shakllantirilgan, deb maʼlum qildi bugun AOKA shtabida oʻtkazilgan brifing davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.

Almatovning taʼkidlashicha, har biri boʻyicha alohida-alohida surishtirish ishlari, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakat boʻyicha tahlil qilinganida, kasallik 94 ta holatda chet elda boʻlgan fuqarolarda aniqlangan hamda ulardan ketma-ketlikda tarqalgan 440 ta holatda Oʻzbekiston fuqarolari kasallangan.

Muloqotda boʻlganlar tahlil qilinganida, infektsiya 19 ta oilada qayd etilgani va ulardan oila aʼzolariga, qarindosh-urugʻlariga tarqagani aniqlangan.

Oxiri yoʻq: sogʻayganlarda koronavirus qayta paydo boʻlmoqda >>>

Chet eldan yuqtirib kelgan fuqarolar orqali 40 ta korxona, tashkilotlarda ishlaydigan hamkasblariga yuqtirganlik holatlari aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 624 kishiga yetdi. Tuzalganlarning jami soni 38 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular