00:43 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
90500

Yakshanba kuni respublikaning ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Keyingi hafta boshida nobarqaror, ayrim joylarda shamolli ob-havo saqlanib turadi.

TOSHKENT, 10 apr - Sputnik. Shanba kuni Oʻzbekistonga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Gidrometeorologiya markazi.

Kecha mamlakat hududi ustidagi antitsiklon quyosh nurlariga havoni isitish imkonini bermagan boʻlsa, bugun termometr ustunchasi yuqoriga tez koʻtarilib, soat 10 da kechagi harorat maksimumidan ham oʻtib ketdi.

Bugun harorat 13-18 darajagacha iliydi va butun respublikada ob-havo kam bulutli va quruq boʻladi.

Shanba kuni respublikaga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻishi mumkin, faqat Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Havo harorati kechasi 5-8, kunduzi 17-22 darajagacha koʻtariladi.

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yomgʻir, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻadi, Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetadi.

Keyingi haftaning boshida Oʻzbekistonda nobarqaror, ayrim joylarda shamolli ob-havo saqlanib turadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan tashqari boshqa hududlarda yomgʻir, baʼzi joyda jala yogʻadi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga pasayadi.

12-14 aprelda respublikaning togʻoldi va togʻli tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Asosiy mavzular