12:11 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
496 0 0

Sal oldin taksi xizmati qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgani tufayli 30 aprel sanasidan fuqarolar oʻz shaxsiy avtomobillarida taksi xizmatini koʻrsatishga kirishgan edi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi multimedia markazi yetkazish (dostavka) xizmatlarini koʻrsatadigan taksi yoʻnalishlari avtomobillariga hozircha yoʻlovchi tashishga ruxsat berilmagani haqida xabar berdi.

Ogranicheniya na dvijeniye velosipedov v Tashkente iz-za karantina
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi Azizxon Murodovning maʼlum qilishicha, 30 aprel sanasidan boshlab fuqarolarga shaxsiy avtotransportdan, birinchi navbatda, ish joyiga, tibbiyot muassasalariga borishi va uyiga qaytishi, isteʼmol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilishi uchun foydalanishi uchun ruxsat berilgan, xolos.

Shu bois, belgilangan soatlar (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) tashqari vaqtda maqsadsiz koʻchada harakatlangan transport vositalari haydovchilariga tegishli tartibda choralar koʻrilishi aytildi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldinroq 30 aprel kuni qator OAVlarda shaxsiy va xizmat yengil mashinalari harakatlanishi mumkin boʻlgan vaqt oraligʻida (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) taksilar ham yoʻlovchilarni tashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu bilan birga, Toshkentdagi taksi xizmati kompaniyalari ham ushbu xabarni mamnuniyat bilan eʼlon qilgan holda haydovchilarga maxsus kombinezon, tibbiy qoʻlqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozimligi tavsiya etgandilar.

 

Asosiy mavzular