13:33 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
58210

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu soatlarga qadar oʻnlab insonlarning hayotlari qutqarib qolingan.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra Sardobadagi favquloddagi holat yuzasidan Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda FVV axborot xizmati maʼlum qildi.

Axborot xizmati xabariga koʻra, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yuz bergan favqulodda vaziyatda tabiiy ofatning eng katta zarbasi - suv ombor hududiga yaqin joylashgan bir necha aholi punktlariga zarar yetkazgan.

Ayni daqiqalarda FVV xodimlari IIV, Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda qidiruv-qutqaruv ishlarini faollik bilan olib bormoqda.

Ushbu soatlarga qadar oʻnlab insonlarning hayotlari qutqarib qolingan. Odamlarning halok boʻlganligi haqida maʼlumotlar kelib tushmagan.

Bundan tashqari, tabiiy ofatlar hududidan evakuatsiya qilingan odamlar uchun bir qator viloyatlardan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon hamda zaruriy qurilish materiallaridan iborat insonparvarlik yordamlarini yuborish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jami 1000 oʻrin sigʻimiga ega palatkalar, koʻrpa-toʻshak va yashash jihozlari, 11 ta maxsus texnika Sirdaryo viloyatiga yuborildi.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni belgilagan holda kuch va vositalar guruhi shakllantirilmoqda.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida 20 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Ularga birinchi yordam koʻrsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda Sirdaryoda “Sardoba” suv ombori dambasini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat yuzasidan qoʻshimcha axborotlar berib boriladi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular