19:09 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
57510

Ikkinchi maydan uchinchi mayga oʻtar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yogʻingarchilik kutilmoqda, deb ogohlantiradi hokimlik matbuot-xizmati.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol boʻlishi munosabati bilan shahar aholisidan avtomobillarni xavfsiz joyga qoʻyishni soʻrab, murojaat qildi.

"Ikkinchi maydan uchinchi mayga oʻtar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yogʻingarchilik kutilmoqda. Bu esa oʻz navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab boʻlib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishingizni iltimos kilamiz", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzgidromet may oyi uchun ob havo maʼlumoti bilan boʻlishgan edi.

Xabarda aytilishicha Oʻzbekistonda may oyi odatda aprel oyiga nisbatan 4-6 darajaga issiqroq boʻladi.

Mamlakatning markaziy hududlarida oyning birinchi yarmida oʻrtacha harorat 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 28-31 darajani tashkil qiladi.

 

Asosiy mavzular