11:26 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
226 0 0

Halok boʻlganlar soni 40 foizga kamaygan: 2019 yilning shu davrida 228ta boʻlgan boʻlsa, 2020 yilda 138 nafarni tashkil qilgan

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Oʻzbekiston yoʻllarida oʻlim holatlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatida maʼlum qilishdi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 16 mart - 26 aprel kuniga qadar respublika hududida jami yoʻl-transport hodisalari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 41 %ga (2019 yilda) 836tadan 496 (2020 yil)taga kamayishiga erishilgan.

Halok boʻlganlar soni 40 foizga kamaygan: 228 (2019 yil) nafardan 138 (2020 yil) nafarga, jarohat olganlar soni 44 foizga  787 (2019 yil) nafardan 441 (2020 yil) nafarga kamayishiga erishilgan.

Yoʻllarda oʻlim holatlari joriy etilgan cheklov choralari tufayli pasaygan.

Asosiy mavzular