20:15 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
378 0 0

Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 343 vayron boʻlgan uylarda tozalash ishlari olib borilgan boʻlsa, prokuratura vakillari 6107 ta kadastr hujjatlaridan 3338 tasi qayta tiklashga erishgan

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda. Yoʻqolgan 3 517 pasportdan 482 tasi, 61 ta haydovchilik guvohnomadan 11 tasi qayta tiklandi, deb xabar berdi FVV.  

Xabarda aytilishicha, viloyatda toshqin oqibatida zarar koʻrgan uylar, ijtimoiy binolar yana qayta tiklanmoqda. Yashash uchun yaroqsiz uylar buzilib, joylarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tiklash choralari koʻrilmoqda.

Ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

"71 307 nafar aholi Oqoltin, Mirzabod va Sardoba tumanidagi xonadonlariga qaytib keldi", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 343 vayron boʻlgan uylarda tozalash ishlari olib borilgan boʻlsa, prokuratura vakillari 6107 ta kadastr hujjatlaridan 3338 tasi qayta tiklashga erishgan.

Umumiy maydoni 1 213,796 kvadrat metr boʻlgan 1604 obʼyektda Mudofaa vazirligining 8 ta maxsus boʻlinmasi tomonidan dezinfektsiya ishlari olib borilgan.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryoda 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga koʻchirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular